Fan-texnika | 16:01 / 08.10.2015
4849
2 daqiqa o‘qiladi

Fujitsu kompaniyasi interaktiv krossovkalarini namoyish qildi

Yaponiyaning Fujitsu kompaniyasi CEATEC 2015 ko‘rgazmasida “aqlli” soatlari ortidan interaktiv krossovkalarini ham namoyish qildi, deya xabar berdi Ubergizmo portali.

Ko‘rgazmada ko‘plab qiziqarli ishlanmalar namoyish etilganiga qaramasdan, smart-oyoq kiyimlar ko‘pchilik e'tiborini o‘ziga tortdi. “Aqlli” oyoq kiyimining tagcharmiga yangicha datchik va sensorlar joylashtirilgan bo‘lib, ular egasining jismoniy faolligini baholab, bu haqdagi ma'lumotlarni gajyetlarga yuboradi. Yangi avlod ishlanmasi salomatlikka oid ko‘plab ko‘rsatkichlarni “aqlli” bilaguzuk va soatlarga qaraganda yanada aniqroq o‘lchash xususiyatiga ega ekani aytilmoqda. Masalan, o‘rtacha tezlik, yurish yoki yugurish vaqtida qancha kaloriya sarflangani to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etishi mumkin.

Shuningdek, olingan ma'lumotlar asosida smart-oyoq kiyimning mobil ilovasi foydalanuvchiga jismoniy holatini yaxshilashi uchun zarur tavsiyalarni berishi mumkin.
Bundan avvalroq esa Xiaomi “aqlli” krossovkalar ishlab chiqarish to‘g‘risida ma'lum qilgan edi.