Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guardian: AQSh KXDR tomonidan yadroviy tahdid bo‘lishiga yo‘l qo‘yib berdi
AQShdagilarning hisoblashicha, KXDR amerikaliklarga nisbatan yadroviy qurollar qo‘llash imkoniyatiga ega. Bu haqda Guardian nashrida yozilgan.
Admiral Bill Gortni ma'lum qilishicha, amerikalik razvedkachilar KXDRning yadro qurollari haqida ma'lumotlarni qo‘lga kiritgan.
"Biz ularga bizga nisbatan yadro qurollari qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishlariga qarshilik ko‘rsatmadik", deydi Gortni Atlantika kengashi yig‘ilishida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Kim Chen Inning harakatlarini oldindan bilish qiyin. Agar u AQShga raketalar yo‘llashga qaror qilsa, javob zarbalari o‘ta shafqatsiz bo‘ladi.
O‘tgan oyda rasmiy Pxenyan kosmosga chiqarish uchun yangi sun'iy yo‘ldosh tayyorlayotgani haqida ma'lum qilgandi. Biroz oldinroq, shimolliklar xalqaro hamjamiyat tomonidan taqiq o‘rnatilganiga qaramasdan raketa sinovlari o‘tkazgandi.
AQSh tomoni taxminiga ko‘ra, KXDR ballistik raketalar yaratishda muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘lishi mumkin.
Shu yilning martida AQSh raketadan mudofaa agentligi shimol koreyslari shu yilning o‘zidayoq shunday raketalarni ishlab chiqarishni boshlashi mumkinligi haqida aytgandi.
Bill Gortnining so‘zlariga ko‘ra, AQSh raketa hujumidan mudofaa sohasini rivojlantirish va zamonaviylashtirish uchun moddiy ta'minotni oshiradi. Agentlik yangi raketa hujumlarini aniqlaydigan radarlar ishlab chiqarishni rejalashtirgan.