Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mesut O‘zil: Bizning maqsadimiz APLda g‘olib chiqish
"Arsenal" jamoasining germaniyalik yarim himoyachisi Mesut O‘zil Bild nashriga bergan intervyusida "kanonirlar" 2015-2016 yilgi mavsumda APL chempionligini maqsad qilgani haqida ma'lum qildi.
"Bizda ajoyib jamoa mavjud. Ko‘plab futbolchilarimiz jahon darajasidagi futbolchilar. Bizning maqsadimiz APLda g‘olib bo‘lish. O‘ylashimcha, buni amalga oshira olamiz. Muhimi yetakchilarimiz jarohat olishmasa bo‘lgani. Qolganini bajarish qo‘limizdan keladi.
Biz o‘yindan-o‘yinga kuchayib bormoqdamiz. O‘tgan mavsumda "Siti"ni, bu yili esa "Yunayted"ni muhim o‘yinlarda mag‘lub etdik. Bu bizning o‘yinimiz bir xil tempda davom etayotganidan darak beradi.
To‘g‘risi, "Bavariya" dortmundliklarni yirik hisobda (5:1) mag‘lub etishini kutmagandim. Ularning so‘nggi o‘yinlardagi natijalari jamoa optimal formada ekanligini ko‘rsatmoqda. "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yin esa shuni ko‘rsatdiki, agarda biz bor kuchimiz bilan o‘ynasak, istalgan raqibni dog‘da qoldira olamiz, hatto "Bavariya"ni ham", - deydi Mesut O‘zil.
Ma'lumot uchun, "Arsenal" ayni vaqtda APLning 8 turidan keyin 16 ochko bilan turnir jadvalida "Manchester Siti"dan 2 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinda joylashgan.
Jamoa YeChLning guruh bosqichi doirasidagi keyingi o‘yinni "Bavariya"ga qarshi o‘tkazadi.