Sport | 22:20 / 08.10.2015
7272
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston terma jamoasi bahraynliklarni Manamada 4:0 hisobida mag‘lub qildi

Manama shahrida Bahrayn hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2018 musobaqasining 2-saralash bosqich guruh uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda 0:4 hisobi qayd etilib, o‘zbekistonlik futbolchilar g‘alaba bilan qaytadigan bo‘lishdi.

Birinchi bo‘limda darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi.
Ikkinchi bo‘limda esa, o‘yinning borishi o‘zgardi. Dastlab, raqib jarima maydonchasidagi pala-partishliklardan keyin Igor Sergeyev ajoyib tarzda hisobni ochdi. Darvozaga zarba sifatida Marat Bikmayev tomonidan yo‘llangan to‘p Sergeyevga borib tushdi, Igor 3 metrlardan darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, ya'ni 56-daqiqada chap qanotdan yorib kirgan Bikmayev jamoadoshi Ahmedovni to‘p bilan ta'minladi, Odil darvozabonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi, 0:2.

62-daqiqada Sardor Rashidov o‘ng qanotdan himoyachini aldab o‘tib, chap oyog‘i bilan ajoyib zarbani ijro etdi va termaning uchinchi golini kiritdi.

90+4-daqiqada Eldor Shomurodov to‘rtinchi golni urdi.

Ushbu gol amalda o‘yin taqdirini hal qildi va termaga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Shu tariqa, Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi milliy terma jamoa saralash bahslarida ketma-ket uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritishdi va o‘z ochkolari sonini 9taga yetkazishdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi, 6-tur uchrashuvida guruh bosqichi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi va 7-tur doirasida 15 noyabr kuni Toshkentda KXDR terma jamoasini qabul qiladi.

JCh-2018 saralashi
Bahrayn - O‘zbekiston — 0:4
Gollar: Igor Sergeyev (52), Odil Ahmedov (56), Sardor Rashidov (66), Eldor Shomurodov (90+4)
Bahrayn: Muhammad Abbos, Said Shubbar, Said Ahmad (Isa, 70), Abdulvahob, Abdulla Alhaza, Abdulla Hilol (Xasan, 57), Abdulla Umar, Said Adnan (Safi, 85), Husan Bobo, Sami Alhusani, Arshid al-Xuti
O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreyev, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jyev, Odil Ahmedov (Eldor Shomurodov, 86), Aziz Haydarov, Sardor Rashidov, Server Jyeparov (Jasur Xasanov, 84), Markat Bikmayev (Javohir Sohibov, 74), Igor Sergeyev.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish