Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
PetroVietnam O‘zbekistondagi neft va gaz konlari razvedkasini davom ettiradi
Vetnamning PetroVietnam Exploration & Production (PVEP) konserni 2016 yil yoziga qadar O‘zbekiston hududidagi qidiruvlarini davom ettirish bo‘yicha yakuniy qarorga keladi. Bu haqda kompaniya vakillari matbuotga bayonot berishdi.
“Biz Ustyurt mintaqasidagi birinchi blokda razvedka ishlarini yakunlashni rejalashtirmoqdamiz, keyingi rejalarimiz shunga bog‘liq bo‘ladi”, - uning so‘zlarini keltiradi Prime agentligi.
Kontsernga tegishli Kossor Operating Company 2016 yilda qidiruv-razvedka qudug‘ini burg‘ulab, Ustyurt mintaqasidagi Kossor investitsion bloki natijalariga baho beradi.