Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya davlat avtomobil nazorati Zelenograddan "V***OR" seriyasidagi avtomobil raqamlarini chaqirtirib oldi
Avvalroq xabar qilinganidek, moskvalik avtomobil egalarida shov-shuvga sabab bo‘lgan "V***OR" seriyasidagi avtomobil raqamlari Zelenograddan (Moskvadagi ma'muriy okrug) chaqirtirib olindi. Bu haqda TASS axborot agentligiga Moskva bo‘yicha IIV bosh boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Andrey Galiakberov ma'lum qildi.
"Zelenogradda joylashgan transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limlariga tashrif buyuruvchilar oqimining sezilarli oshganini tahlil qilib, Moskva Davlat yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi rahbariyati "V***OR 777" seriyasidagi avtomobil raqamlarini qayta taqsimlash haqida qaror qabul qildi", deb aytdi Galiakberov.
Galiakberovning aytishicha, bu seriyadagi raqamlar Moskvaning turli okruglarida joylashgan ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limlariga yuborilgan va avtomobil egalariga boshqa seriyadagi raqamlar kabi elektron navbat tartibida beriladi.
"Moskva Davlat yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasining bo‘limlarida maxsus kompyuter dasturi o‘rnatilgan bo‘lib, dastur tasodifiy raqamlar prinsipi bo‘yicha ishlaydi. Bu raqamlarning taqsimlanishi jarayoniga chetdan aralashish imkoniyatini istisno qiladi", deb tushuntirmoqda Galiakberov.