Jahon | 19:10 / 08.10.2015
5580
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada KamAZ bir guruh piyodalarni urib ketishiga bir baxya qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda shovshuv keltirib chiqargan navbatdagi videolavhada bir guruh yo‘lovchilarning ustiga yuk bosilgan KamAZdan bir amallab qutulib qolgani aks etgan.
Aytilishicha, voqea Rossiyaning Omsk shahrida sodir bo‘lgan.

Lavhada ko‘rinib turganidek, yuk avtomobillari kolonnasi ketayotganida ulardan biri yo‘lovchilarni o‘tkazish uchun to‘xtagan, ammo uning orqasidan kelayotgan KamAZ tezlikni tushirishgan ulgurmagan.

U yuk mashinasining kuzoviga katta tezlikda kelib urildi. Yo‘lovchilar uning tagida qolib ketishi mumkin edi. Ular chetga qochib ulgurishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish