Jamiyat | 21:57 / 08.10.2015
7159
5 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada Nobel haftaligi: Sonlar va faktlar

Shvetsiyada Nobel haftaligi boshlandi. Aynan shu tufayli XABARDOR.UZ materiallarida eng nufuzli deb hisoblangan ilf-fan mukofoti bilan bog‘liq yorqin hodisalarni kuzating.

Har yili oktabr oyining boshida Stokgolm (Shvetsiya) va Oslo (Norvegiya) da Nobel haftaligi bo‘lib o‘tadi, unda fizika, ximiya, fiziologiya va tibbiyot, adabiyot, iqtisodiyot bo‘yicha mukofot va tinchlik mukofoti laureatlari e'lon qilinadi.

Mukofotga qanday qilib ta'sis solingan
Alfred Nobel, 1896 yil
Fizika, ximiya, tibbiyot va fiziologiya, adabiyot mukofotlari, shuningdek tinchlik bo‘yicha mukofot kashfiyotchi va sanoatshunos Alfred Bernxard Nobel (1883-1896) tomonidan ta'sis etilgan. 1895 yilda A.Nobel ko‘rsatma ishlab chiqdi, unga ko‘ra, kashfiyotchining mablag‘idan kelib tushgan daromad har yili beshta teng qismlarga bo‘linishi va mukofot tarzida taqsimlanishi lozim. 1900 yilda Stokgolmda tashkilotning ma'muriy organi - Nobel fondi tashkil etildi. O‘sha vaqtda fond hajmi 31 mln shved kronini tashkil etgan. Mukofotlar esa 1901 yildan beri taqdim etib kelinmoqda. 1968 yilda Shvetsiya Davlat banki o‘zining 300 yilligiga bag‘ishlab, Alfred Nobel xotirasini yodga olgan holda, iqtisodiyot bo‘yicha mukofotga asos soldi. U 1969 yildan beri Nobel mukofoti bilan birgalikda, bir xil shartlar asosida taqdim etiladi, biroq pullar Davlat banki tomonidan ajratiladi.

Moddiy qismdan tashqari (2015 yilda - 8 mln shved kron; taxminan 950 ming AQSh dollari) mukofot laureatiga diplom va oltin medal ham taqdim etiladi. Medalarning old tomoni (averse)da Alfred Nobel (tinchlik va iqtisodiyot bo‘yicha mukofotlarda suratda biroz farq bor) portreti tushirilgan. Medalning orqa tomonidagi (reverse) suratlar har bir mukofot uchun individual.

Mukofotga loyiq deb topish qoidalari
Har bir mukofot uch nafardan ortiq bo‘lmagan shaxslarga taqdim etilishi mumkin. Agar bitta kashfiyot uchun ikki yoki uch laureat taqdirlansa, u holda mukofot mablag‘i teng taqsimlanadi. Qoidaga ko‘ra, mukofot bir shaxsga bir marotaba beriladi. Laureatni mukofotdan mahrum qilish imkoni yo‘q.

Mukofot taqdim etilmagan hollar ham bo‘lgan, chunki unga mos nomzod topilmagan (masalan, Birinchi va Ikkinchi jahon urushi yillarida nomzodlar soni kam bo‘lgan, shuning uchun ham tanlash qiyin kechgan).

Nomzodlarni taqdim etish jarayoni sentabrda boshlanadi va keyingi yilning 31 yanvarida yakunlanadi. Qoida bo‘yicha, nomzodlar nomi 50 yilgacha oshkor qilinmaydi, biroq ko‘p hollarda nomzodni ilgari surgan tashkilotlar ma'lumotni o‘zlari taqdim etadilar.

Laureatlarga mukofotlarni taqdim etish 10 dekabr, ya'ni Alfred Nobel vafot etgan kunda dekabr oyi Nobel haftaligi doirasida Stokgolm va Osloda bo‘lib o‘tadi. Tinchlik bo‘yicha mukofot Osloda Norvegiya qirolining ishtirokida Norvegiya Nobel mukofoti qo‘mitasi raisi tomonidan topshiriladi. 1990 yildan beri taqdirlash marosimi Norvegiya potaytaxti merining qarorgohida bo‘lib o‘tyapti. Marosimda laureat so‘zga chiqadi.

Qolgan mukofotlarni Stokgolmda Shvetsiya qiroli topshiradi. 1926 yildan boshlab bayramona marosim Stokgolm Kontsert zalida bo‘lib o‘tmoqda. Mukofot topshirilishi arafasida laureat ma'ruza o‘qiydi. Agar laureat mukofotni uning nomi e'lon qilinganidan bir yil o‘tguniga qadar olmasa, pul fond qaramog‘ida qoladi.

Qayd etish kerakki, bu yilgi mukofotlar 4 yo‘nalish bo‘yicha o‘z egalarini topib bo‘lishgan.

Dastlab, 5 oktabr kunida Tibbiyot yo‘nalishida g‘oliblar taqdirlandi. 2015 yilning tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti parazit qurtlar chaqiradigan infeksiyalarga qarshi tura oladigan preparat yarata olgan tadqiqotchilar Uilyam Kempbell va Satoshi Omura, shuningdek, bezgakka qarshi iloj topgan Yuy Tuga berildi.

6 oktabr kuni esa Fizika bo‘yicha 2015 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari sifatida neytrino ostsillyatsiyasini ochgan Takaaki Kajita va Artur MakDonald nomlari ma'lum qilindi.

7 oktabr kuni Ximiya bo‘yicha Nobel mukofoti DNK reparatsiyasi bo‘yicha izlanishlar qilgan olimlarga berildi. Bular shvetsiyalik Tomas Lindal, amerikalik Pol Modrich va turkiyalik Aziz Sankar bo‘lishdi.

Bugun, 8 oktabr kuni 2015 yil uchun adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti taniqli belarus yozuvchisi Svetlana Aleksiyevichga taqdim etildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish