Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Ashxobod o‘zaro hujjatlar paketini imzoladi
8 oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘zbek-turkman muzokaralari yakuniga ko‘ra turli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar paketi imzolandi.
Muzokaralar avvalida O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining qo‘shma bayonoti qabul qilindi.
Shundan so‘ng, transport sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha hukumatlararo memorandum imzolangan.
Tomonlar bojxona ishi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo kelishuvga erishishgan.
Shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston hukumati 2016-2018 yillar mobaynida fan-texnika, sog‘liqni saqlash sohasi hamda turizm sohalarida keng hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Bu hujjatlar Hujjatlar Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga 7-8 oktabr kunlarida uyushtirgan rasmiy tashrifi doirasida imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, Gurbanguli Berdimuhamedov 2013 yil noyabrida O‘zbekistonga, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov esa 2014 yil oktabrida Turkmanistonga rasmiy tashrif buyurgan edi.