Jahon | 16:53 / 08.10.2015
8802
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada maktab portladi

Turkiyaning Diyorbaki viloyatidagi Silvan tumanida joylashgan maktabda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Sputnik agentligining turk xizmati xabar bermoqda.

Taxmin qilinishicha, maktab bog‘ida granata topib olishgan va ehtiyotsizlik tufayli u portlab ketgan.

Buning oqibatida 9 yoshli Hasan Yilmaz ismli bola halok bo‘ldi. Yana 4 nafar bola jarohat oldi: 5 yashar Mazlum, Naji, 10 yoshli Umit va uning 6 yoshli ukasi Mert Yilmazlar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish