Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:40 / 08.10.2015
4904
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina: qurollarni chiziqdan uzoqlashtirish davom etmoqda
Donbassdagi kesishish nuqtasidan qurollarni uzoqlashtirish jarayoni davom etmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti ma'muriyatining harbiy operatsiya masalalari bo‘yicha spikeri Andrey Lisenko ma'lumot berdi.
“Kechagi voqea provokatsiya sifatida baholandi, u ommaviy hujum xarakterida emas edi, bu qisqa o‘qqa tutish bo‘ldi. Minsk kelishuvlarini bajarish to‘g‘risida qaror qabul qilinmadi. Voqea surishtiriladi”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.