Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: Obama Suriyada harakatga o‘tishi kerak
AQSh ma'muriyati va ko‘plab ekspertlar prezident Barak Obama Suriya masalasida jiddiy choralar ko‘rmayotganidan xavotirda. Harakatsizlik siyosati tufayli mintaqada natijaga erishilmadi, mamlakatning imijiga ham salbiy ta'sir bo‘ldi, deb yozadi The Wall Street Journal nashri.
Ta'kidlanishicha, AQSh strategiyasi IShIDga zarbalar berish hamda furoqalik urushini tugatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishdan iborat edi. Ammo ma'muriyat bu sohalardan birortasida ham natijaga erisha olmadi.
Shu bilan birga, amerikalik ekspertlar Rossiyaning harakatlarini taktik g‘alaba, ammo strategik xato deb baholamoqda. Ular harbiy kampaniya Putinning obro‘iga salbiy ta'sir qilishi mumkinligini aytmoqdalar.