Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aguero Ekvadorga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat oldi
"Manchester Siti" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Serxio Aguero 8 oktabr kuni 2018 yilgi JCh saralashi doirasida Ekvadorga qarshi kechgan o‘yin paytida jarohat olib, maydonni zambilda tark etgan.
O‘yinning 19 daqiqasida u o‘ziga uzatilgan pasni qabul qilish chog‘ida qaltis harakat bajargani uchun bel qismini shikastlab olgan. Unga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va uni shifokorlar maydondan zambilga solgan holda olib chiqib ketishgan.
Ushbu o‘yin Argentinaning 0:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan.
Agueroning jarohati qanchalik jiddiyligi bo‘yicha aniq ma'lumotlar yo‘q.
Qayd etish kerakki, u "Manchester Siti" safida APLning 8-turida 5ta gol urgan va turnir to‘purarlari safiga qo‘shilgandi.