Sport | 08:42 / 09.10.2015
3500
2 daqiqa o‘qiladi

Blatter FIFA rahbarligidan chetlatilgani bo‘yicha apellyatsiya bilan murojaat qiladi

Yozef Blatter FIFA prezidentligidan 90 kunga chetlatilgani bo‘yicha chiqarilgan qarordan norozi bo‘lmoqda.

New York Times nashrida yozilishicha, u arbitraj palatasiga shu masala xususida shikoyat bilan murojaat etgan.

Blatterning advokatlarining aytishicha, FIFA axloq qo‘mitasi shikoyatchini asossiz ravishda ayblagan.

Bundan tashqari, advokatlar Blatterga o‘zining aybsizligini asoslab berish imkoni berilmaganidan norozi bo‘lishmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, u o‘zining futboldan chetlatilgani haqida OAV orqali xabardor bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 7 oktabr kuni FIFAning Odob-axloq bo‘yicha qo‘mitasi tashkilot prezidenti Yozef Blatterni 90 kunga o‘z vazifalarini bajarishdan soqit qildi.

Shveytsariya hukumati 24 sentabr kuni FIFA prezidenti Yozef Blatterga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgandi.

FIFA rahbari UYeFA prezidenti Mishel Platiniga noqonuniy tarzda 2 mln shveysar franki o‘tkazib berganlikda gumon qilinmoqda.

Uning o‘rniga FIFAning vaqtincha prezidenti etib Issa Hayot tayinlangan.

Shuningdek, 8 oktabr kuni UYeFA prezidenti Mishel Platini hamda FIFA bosh kotibi Jyerom Valke ham 90 kunga futboldan chetlatildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish