Sport | 17:53 / 09.10.2015
8337
2 daqiqa o‘qiladi

Chagayev va Braun o‘rtasidagi chempionlik jangi Rossiyada bo‘lib o‘tadi

Boks bo‘yicha Butunjahon bokschilar assotsiatsiyasi (WBA) yo‘nalishidagi super og‘ir vazn toifasida jahon chempioni o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev va avstraliyalik Lukas Braun o‘rtasidagi jang Rossiyaning Moskva yoki Grozniy shaharlaridan birida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TASS nashri bokschining menejyeri Timur Dugazayev bergan ma'lumotga tayanib xabar tarqatdi.

«Jahon chempionligi unvoni uchun asosiy da'vogar Lukas Braun hisoblanadi. Hozir biz mazkur jang sanasiini WBA tomonidan tasdiqlanishini kutib turibmiz. Braunga qarshi jang Rossiyada – Moskva yoki Grozniy shaharlaridan birida bo‘lib o‘tadi. Buni Ramzan Qodirov bilan muhokama qilib olishimiz kerak», - deydi Dugazayev.

Oldinroq, Chagayevning puerto-rikolik Fres Okendoga qarshi 17 oktabrda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan jangi Okendoning jarohat olgani sabab bekor qilingandi.

Chagayev hisobida hozirgacha o‘tkazilgan janglarda jami 34 g‘alaba (21 nokaut), ikkita mag‘lubiyat (Vladimir Klichko va Aleksandr Povetkindan) va bir durang natijalarini qayd qilgan. Braun esa o‘tkazgan 23 jangining barchasida (20 nokaut) g‘alaba qozongan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish