Jahon | 16:45 / 09.10.2015
7108
1 daqiqa o‘qiladi

Foreign Affairs: Iroq Rossiyadan yordam kutmoqda

Iroq hukumati IShIDga qarshi kurashda Rossiya bilan yaqindan hamkorlik qilishni istamoqda, negaki AQShning harakatsizligidan hafsalasi pir bo‘lgan. Bu haqda Foreign Affairs nashri yozmoqda.

O‘tgan haftada Iroq Rossiya, Eron va Suriya bilan razvedka ma'lumotlari almashish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Eron bosh vaziri Haydar al-Abadiy Rossiya Eron hududlarida zarba berish huquqini ham olishi mumkinligini ta'kidladi.

Oxirgi paytlarda Iroq Rossiya bilan hamkorlik qilishga moyillik bildirmoqda. Aytilishicha, AQSh Iroq qurolli kuchlarini odatda turli o‘quv dasturlari yordamida qo‘llab-quvvatlamoqii bo‘lyapti, ammo mashg‘ulotlarda egallangan bilimlar haqiqiy jangda askarlarga naf keltirmayapti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish