Iqtisodiyot | 17:51 / 09.10.2015
4284
2 daqiqa o‘qiladi

Jahon banki O‘zbekistonning tadbirkorlikka yaratilgan sharoitlar bo‘yicha ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi

Jahon banki mutaxassislari har yili dunyo mamlakatlarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar darajasini baholashga qaratilgan Doing Business 2015 reytingini e'lon qilishadi. Ushbu reytingga 189 davlatning ko‘rsatkichlari kiritiladi.

BMT taraqqiyot dasturi ekspertlari 2016 yilgi hisobotda O‘zbekiston “Xalqaro savdo” indikatori bo‘yicha pog‘onalar bo‘ylab ancha yuqorilashini kutmoqda. Bu haqda Sputnik agentligi tashkilot vakillariga tayangan holda ma'lumot berdi.

Taraqqiyot dasturida tayyorlangan tahliliy materialda ta'kidlanishicha, O‘zbekiston hukumati va Jahon banki o‘rtasidagi kelishuvlarga binoan eksport-import operatsiyalarini baholash metodikasiga o‘zgartirish kiritishga muvaffaq bo‘lindi. Xususan, endilikda mamlakatning geografik joylashuvi baholana boshlaydi.

“Natijada eksportdagi barcha jarayonlarni o‘tish bilan bog‘liq xarajatlarning baholanishi 5.09dan 1.89 ming dollargacha tushishi kutilmoqda (63 foizlik tushish), importda esa bu tushish 6.45dan 2.25 minggacha bo‘ladi (65 foizga tushish)”, – deyiladi hujjatda.

O‘zining yangi hisobotida mana shu yangi metodikadan foydalansa, Jahon banki O‘zbekistonning bu boradagi ko‘rsatkichlarini ham ancha ko‘taradi. Asosiy urg‘u jarayonlarning o‘tish vaqti va to‘lovlariga qaratiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish