Jahon | 14:26 / 09.10.2015
4191
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev va Poroshenko Oqo‘rdada muzokaralar olib bordi

Oqo‘rdada Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan tantanali suratda uchrashdi, deya xabar bermoqda Kazpravda.kz.
Uchrashuvlar chog‘ida davlatlar rahbarlari kengaytirilgan tartibda muzokaralar olib borib, ular yakuniga ko‘ra turli sohalardagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga oid qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Keyinroq Pyotr Poroshenko va Nursulton Nazarboyev ukrain-qozoq biznes forumi ishida ishtirok etadi.
Poroshenko Ostonaga 8 oktabrda kelgan bo‘lib, tashrifning birinchi kuni Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov bilan uchrashdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish