Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:14 / 09.10.2015
4254
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Fransiya Suriyadagi IShID obektlariga ikkinchi marta zarba berdi
Fransiya 9 oktabrga o‘tar kechasi ikkinchi marta Suriyadagi IShID terroristik tashkiloti marralari bo‘ylab aviazarbalar berdi. Bu haqda Fransiya Mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian ma'lum qildi.
“Ikkita “Rafal” (samolyot) tayyorgarlik lagerlariga qarata bomba zarbalarini berdi. Vazifa uddalandi”, - dedi mudofaa muassasasi rahbari Europe 1 radiosiga bergan intervyusida.
Frantsuz harbiy havo kuchlari IShID bazalariga qaratilgan ilk zarbalarini 29 sentabr tunida amalga oshirgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish