Jahon | 20:40 / 09.10.2015
4129
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: G‘azo chegarasida isroillik askarlar 4 nafar falastinlikni otib tashladi

G‘azo sektori chegarasida isroillik harbiylar tomonidan 4 nafar falastinlik otib tashlandi. 20 nafar kishi esa jarohatlandi. Bu haqda “Maan” yangiliklar portali xabar beradi.

Askarlar Iordan daryosining g‘arbiy sohilida meting o‘tkazayotgan falastinlik yoshlar ularga qarshi tosh otishni boshlagach, yoshlar guruhiga qarata o‘t ochgan. To‘qnashuv Xan-Yunesdan sharqda joylashgan chegara chizig‘ida, juma namozidan so‘ng boshlangan. Harbiy xizmatchilar yoshlarni chegaradan uzoqlashtirishga urinishdi, buning uchun ularga qarata ko‘zdan yosh oqizuvchi granatalardan foydalanishdi.

Sektordagi sog‘liqni saqlash vazirligi hududdagi butun kasalxonalarni yarodorlar ko‘p bo‘lishi ehtimolidan tayyorlanib turishni ogohlantirib qo‘ydi. Bir necha jarohatlanlarning ahvoli og‘ir darajada. Halok bo‘lgan falastinliklarning uch nafari 20 yoshda, bittasi esa 15 yoshda bo‘lgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish