Jahon | 11:18 / 09.10.2015
5942
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar Marsda qadimiy ko‘l qoldiqlarini topishdi

Milliardlab yillar muqaddam Marsda uzoq muddat davomida suv bilan to‘lgan ko‘llar mavjud bo‘lgan. Olimlar Curiosity marsoxodi va boshqa manbalardan olingan ma'lumotlarni tahlil qilib shunday xulosaga kelishdi, deya xabar bermoqda NASA.

Kuzatuvlar natijasi 3,8 va 3,3 mlrd yillar muqaddam uzoq davr mobaynida suv oqimlari va ko‘llar bo‘lgan, degan xulosa chiqarishga imkon tug‘dirdi. Jumladan, Sharp tog‘larida saqlanib qolgan cho‘kindi qatlamlar qoldiqlari bunga guvohlik bermoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, cho‘kindi qatlamlarining shakllanishi yarim milliard yillar davomida sodir bo‘lgan

“Shubhasiz, milliard yillar avval Mars hozirgiga qaraganda Yerga ko‘p jihatdan o‘xshash bo‘lgan. Bizning vazifamiz yumshoqroq iqlim qay tarzda yuzaga kelgani va namlik bilan bog‘liq qanday hodisa ro‘y berganini aniqlashtirishdan iborat”, - dedi NASAning Mars Exploration dasturi yetakchi olimi Maykl Meyyer matbuot anjumanida.
28 sentabr kuni NASA Mars sathida suyuq holatdagi suv mavjudligi aniqlanganini ma'lum qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish