Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olma-Otada yetimxona tarbiyalanuvchisi uy sotib olish uchun buyragini sotmoqchi
Olma-Ota shahridagi yetimxonada ulg‘aygan Serik Kenjabekov xonadon sotib olish uchun buyragini sotishga qaror qildi. Nur.kz resursining ma'lum qilishicha, topilgan pullarga u shahardan bir xonali uy sotib olishni rejalashtirgan.
Internatdan chiqarilganidan so‘ng yigit 6 yil mobaynida mashinalar, vokzallar va vagonlar ichida yashab yurgan.
“Rasman ma'lum qilamanki, xonadon sotib olish uchun o‘z buyragimni sotmoqchiman. Davlatdan umidim yo‘qligi uchun, men ishonchni allaqachon yo‘qotib bo‘lganman. Men o‘z uyim bo‘lmagunicha uylanmayman.
Men o‘z davlatimda yashab turib, Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi bo‘la turib, bolalarim bo‘lganida oilam bilan darbadar bo‘lishni istamayman”, - dedi u jurnalistlarga bergan intervyusida.
Hozirda 24 yoshli yigit davlat yotoqxonasida bitta xonani ijraga oladi har oy kommunal xizmatga 15 ming tanga to‘laydi. Uning ta'kidlashicha, buni to‘lash uchun tanishlardan pul so‘rab yurishiga to‘g‘ri keladi.