O‘zbekiston | 21:54 / 09.10.2015
4586
1 daqiqa o‘qiladi

"O‘zbekenergo" 255 mln dollarga yangi elektr uzatish liniyasini quradi

"O‘zbekenergo" davlat aksiyadorlik kompaniyasi 4 yil ichida 255 mln dollarga yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasini qurishni rejalashtirmoqda.

364 kilometrlik yangi elektr uzatish liniyasi O‘zbekistonning shimoli-g‘arbida o‘tkaziladi. Bu liniya Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasini “Xorezm” va “Elikqal'a” podstansiyasi bilan ulaydi.

Bundan tashqari, loyihaga ko‘ra, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonda uchta yangi podstansiya quriladi.

Yangi elektr uzatish liniyasi elektr energiyani Shimoli-G‘arbiy energiya uzelidan mamlakat janubidagi elektr energiya tanqisroq joylarga uzatilishini oshirishga imkon beradi. Kompaniya loyihani Osiyo taraqqiyot bankining 150 mln dollarlik kredit va O‘zbekiston tomonidan ajaratiladigan 105 mln dollarlik mablag‘lar hisobiga amalga oshiradi.

Yangi yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasi Taxiatosh IESni modernizatsiya qilish bilan birgalikda o‘tkaziladi. Stantsiyani 2020 yilgacha yangilash rejalashtirilgan va bunga qariyb 700 mln dollar sarflanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish