Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston temir yo‘llari» chiptalarni internet orqali sotishni yo‘lga qo‘yadi
2015 yilning 12 oktabr kunidan boshlab "Afrosiyob" tezyurar poyezdlari uchun chiptalarni elektron shaklda xarid qilish mumkin bo‘ladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» OAJ matbuot xizmati xabar tarqatgan.
Endilikda elektron chiptalarni «Uzkart» yordamida xarid qilish mumkin bo‘ladi.
Bank kartalari orqali to‘lovlar MBANK to‘lov tizimi ma'lumotlari tekshirilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ning xabariga ko‘ra, elektron chiptalar milliy valyuta – so‘mda sotiladi. To‘lov amalga oshirilgach, chiptalarning sotib olingani uzrailway.uz sayti orqali ro‘yxatga olinadi.
Respublika hududidagi barcha elektron chiptalar shoxobchalarida xizmatlar bepul ko‘rsatilishi belgilangan.