O‘zbekiston | 19:34 / 09.10.2015
9851
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Rossiyadan “Turkiston islom harakati” tashviqotchisi ekstraditsiya qilinadi

Rossiya xuquqni muhofaza qilish organlari yaqin kunlarda O‘zbekistonga 2006-2007 yillarda mamlakatimiz hududida diniy-ekstremistik oqim faoliyatida ishtirok etib, jamiyat xavfsizligi hamda jamoatchilik tartibiga tahdid mavjud bo‘lgan materiallarni tarqatish bilan shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qiladi.
O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotlariga ko‘ra, diniy-ekstremistik oqim “Turkiston islom harakati” xalqaro terroristik tashkiloti tarkibiga kirgan.
Jinoyatchi erkak 1 oktabr kuni Rossiyaning Kirov tumanida qo‘lga olingan, Kirov shahar sudi 3 oktabr kuni O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan qamoqqa olish ko‘rinishida chora qo‘llash to‘g‘risida qaror chiqargan. Ayni paytda Lelingrad viloyat prokurorlari mazkur ish bo‘yicha tergov materiallarini hibsga olingan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo‘liga topshirish masalasini ko‘rib chiqish maqsadida Rossiya Federatsiyasi bosh prokuraturasiga yo‘naltirishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish