Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:47 / 09.10.2015
5550
1 daqiqa o‘qiladi
Plutonda moviy osmon aniqlandi
NASA olimlari qo‘lga kiritgan ma'lumotlarga qaraganda, Pluton osmoni xuddi Yerdagidek moviy rangdadir. Bu haqda agentlik sayti orqali xabar qilindi.

New Horizons kosmik zondidan olingan axborotga ko‘ra, Pluton atmosferasida moviy rang bug‘ kuzatiladi. Ekspertlar bunday effektni atmosferada organik zarralar – tolinlarning borligi bilan bog‘lamoqda.

Kulrang yoki qizil tusdagi bu zarralar Quyosh nurini shunday aks ettiradiki, u moviy bo‘lib ko‘rinadi.
