Sport | 07:58 / 09.10.2015
3143
1 daqiqa o‘qiladi

The Telegraph: Klopp "Liverpul"da yiliga 7 mln funt maosh oladi

"Liverpul" jamoasining yangi bosh murabbiyi Yurgen Kloppning shartnomasi haqidagi ma'lumotlar oshkor qilindi.

The Telegraph xabariga ko‘ra mersisaydliklar germaniyalik ushbu mutaxassis bilan 3 yillik bitim tuzishgan va unga yiliga 7 mln funt maosh tayinlashgan.

Endilikda 48 yoshli mutaxassis APLda eng yuqori maosh oladigan murabbiyga aylandi.

Biroz oldinroq, inglizlar u bilan shartnoma tuzgani haqida rasman ma'lum qilingandi.

Ma'lumot uchun, Klopp 2001 yildan 2008 yilgacha "Maynts-05" jamoasida, 2008 yildan boshlab esa (2014 yilgacha) "Borussiya D" jamoasida faoliyat ko‘rsatgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish