Sport | 07:42 / 10.10.2015
3611
1 daqiqa o‘qiladi

20 oktabrda FIFA ijroiya qo‘mitasining shoshilinch yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

FIFA ijroiya qo‘mitasining shoshilinch yig‘ilishi 20 oktabrda bo‘lib o‘tishi belgilandi, deb ma'lum qilinmoqda tashkilotning rasmiy saytida.  

8 oktabrda FIFAning axloq bo‘yicha qo‘mitasi FIFA prezidenti Yozef Blatter, tashkilotning bosh kotibi Jyerom Valke va UYeFA rahbari Mishel Platinini 90 kunga vaqtinchalik o‘z lavozimidan chetlatdi. Bu muddat yana 45 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidenti saylovlari 2016 yilning 26 fevraliga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish