Jahon | 17:23 / 10.10.2015
4491
1 daqiqa o‘qiladi

Anqaradagi portlashlar tufayli qurbon bo‘lganlar soni 50 nafarga yetdi

10 oktabr kunining birinchi yarmida Turkiya poytaxti Anqara shahrida amalga oshirilgan terakt tufayli halok bo‘lganlar soni 50 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SkyNewsArabia xabar bergan.

Bundan avvalgi xabarlarda ushbu terakt qurbonlari soni 20 nafarligi va 126 kishi jarohatlangani aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Anqara markazida kurdlar tomonidan "Tinchlik va demokratiya uchun" shiori ostida mamlakat hukumatiga qarshi norozilik namoyishi uchun yig‘ilgan hududda xudkush-terrorist tomonidan terakt sodir etildi.

Turk OAVlarining yozishicha, bu portlashlar Kurdiston ishchilar partiyasiga nisbatan ayricha munosabatlar ko‘rsatilayotganiga norozilik sifatida "Tinchlik va demokratiya uchun" shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilgan namoyish arafasida sodir etildi.

Kurdlarning siyosiy nizolarni qoralovchi HDP tashkiloti a'zolari shu yilning iyunida Diyorbakirda amalga oshirilgan terakt tufayli ham jabrlanishgandi.

HDP yetakchisi bu portlashlarda rasmiy Anqarani ayblab chiqqan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish