Jahon | 19:00 / 10.10.2015
8485
1 daqiqa o‘qiladi

Anqaradagi terakt qurbonlari soni 86 nafarga yetdi

10 oktabr kunining birinchi yarmida Turkiya poytaxti Anqara shahrida amalga oshirilgan terakt tufayli halok bo‘lganlar soni 86 nafarni tashkil qilmoqda.

Bundan avvalgi xabarlarda ushbu terakt qurbonlari soni 50 nafarligi aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Anqara markazida kurdlar tomonidan "Tinchlik va demokratiya uchun" shiori ostida mamlakat hukumatiga qarshi norozilik namoyishi uchun yig‘ilgan hududda xudkush-terrorist tomonidan terakt sodir etildi.

Turk OAVlarining yozishicha, bu portlashlar Kurdiston ishchilar partiyasiga nisbatan ayricha munosabatlar ko‘rsatilayotganiga norozilik sifatida "Tinchlik va demokratiya uchun" shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilgan namoyish arafasida sodir etildi.

Kurdlarning siyosiy nizolarni qoralovchi HDP tashkiloti a'zolari shu yilning iyunida Diyorbakirda amalga oshirilgan terakt tufayli ham jabrlanishgandi.

HDP yetakchisi bu portlashlarda rasmiy Anqarani ayblab chiqqan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish