Jahon | 15:03 / 10.10.2015
4834
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Anqaradagi portlashlarni qoralab chiqdi

AQShning Turkiyadagi elchixonasi Anqara shahrida namoyishchilar to‘plangan hududda portlash sodir etilishini keskin qoralab chiqdi. Bu haqda elchixonaning tvitteri orqali ma'lum qilingan.

"Biz bugun Anqara shahrida amalga oshirilgan shafqatsiz teraktni keskin qoralaymiz. Biz barchamiz terrorchilikka qarshi birgalikda kurashishimiz lozim", deyiladi xabarda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Anqara markazidagi 2 marta portlash sodir bo‘lishi natijasida 30 kishi halok bo‘lgan va 126 kishi jarohatlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish