Iqtisodiyot | 20:07 / 10.10.2015
4885
2 daqiqa o‘qiladi

Bombardier O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytiradi

Noyabr oyi boshida O‘zbekistonda Xalqaro investitsiya forumi boshlanadi. Unda ko‘plab xorijiy hamkorlar va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etish istagini bildirgan.

Bu haqda Bombardier Kanada kompaniyasining Rossiya va MDH davlatlarida biznes va savdoni rivojlantirish bo‘yicha direktori Mark Gilbert “Jahon” axborot agentligiga intervyu berib o‘tgan.

- Bizning kompaniya jahondagi uchinchi eng yirik tijoriy va shaxsiy avialaynerlar ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Shuningdek, poyezdlar, vagonlar va ularni yig‘ish bo‘yicha yirik ishlab chiqaruvchi hamdir, — dedi u. — Boshqa davlatlar qatori, Yevropa, Osiyo va MDH davlatlarida bizda ishlab chiqarilgan 120 dona samolyotdan foydalanishmoqda.

Shuni alohida qayd etish kerakki, Bombardier Transportation kompaniyasi MDH hududida ilk bor zamonaviy signal tizimini joriy etdi. O‘zbekistonda 17 stansiyadan iborat signal tizimi Toshguzar-Qumqo‘rg‘on oralig‘idagi 200 km. li masofada o‘rnatilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish