Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada Margaret Tetcher zamonasidagi TIV rahbari olamdan o‘tdi
Bugun, 10 oktabr kuni Buyuk Britaniyani Margaret Tetcher boshqargan yillar davomida uning hukumati tarkibidan o‘rin olgan ser Jyeffri Xau 88 yoshida olamdan o‘tdi.
Baron unvoniga ega bo‘lgan Jeffri Xau "Temir xonim" davrida mamlakatning tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagandi.
Uning yaqinlari serning yurak xuruji oqibatida yorug‘ dunyoni tark etishgani haqida ma'lum qilishgan.
Qarindoshlar bergan ma'lumolarga ko‘ra, baron o‘z o‘limidan oldinroq rafiqasi Elspet bilan birgalikda jaz konsertiga borgandi.
U o‘zining oxirgi yillarini Uorvikshir grafligidagi o‘z uyida o‘tkazdi.
Tetcher xonimning hukmronligi vaqtida Jeffri Xau bosh vazir yordamchisi va parlamentning vakillar palatasi boshlig‘i bo‘lgandi.
Tetcher xonim iste'foga chiqishidan 3 hafta oldin u vazirlar mahkamasini ham iste'foga chiqishga da'vat qilib, nutq irod etgandi.
Siyosiy tahlilchilarning fikricha, Jeffri Xau Buyuk Britaniya siyosiy tarixida ayol siyosatchining o‘z o‘rnini qoldirishida muhim o‘rin tutgandi.
Qirollikning amaldagi bosh vaziri Devid Kemeron Jeffri Xauni "Tetcher xonim hukumatining qo‘riqchisi" deya atagandi.
Ma'lumot uchun, baronessa Margaret Tetcher 1979-1990 yillar davomida Buyuk Britaniyaning 71-bosh vaziri bo‘lgan. U Konservatorlar partiyasi namoyondasi edi. U 2013 yilning 8 aprelida, 87 yoshida vafot etgandi. U jahon tarixida "temir xonim" nomi bilan mashhur.