Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jokovich va Nadal Pekindagi musobaqada uchrashishadi
Novak Jokovich va Rafael Nadal Rolan Garros-2014 turniridan beri ilk bor ATR musobaqasida bir-birlariga qarshi o‘ynashadi.
Musobaqaning birinchi finalchisi ushbu mavsumda uch bor yengilgan italiyalik Fabio Foninini 7:5, 6:3 hisobida mag‘lub etgan ispaniyalik raketka ustasi Rafael Nadal bo‘ldi.
ATR reytingida yetakchilik qilayotgan Jokovich esa Ispaniyaning boshqa vakili David Ferrerani qiyinchiliksiz mag‘lub etdi: 6:2, 6:3.
Eslatib o‘tamiz, Jokovich va Nadal o‘tgan mavsumdagi yirik turnirlarda ikki bor to‘qnash kelishgan, har ikki uchrashuvda ham Novakning qo‘li baland kelgan edi.