Jamiyat | 09:47 / 10.10.2015
3424
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Oregondagi kollejda otishmada halok bo‘lganlar oilasi bilan uchrashdi

AQSh fuqarolariga hujum qilish muammolarini topish, umummilliy vazifaga aylanmog‘i kerak. Bu haqda 9 oktabr, juma kuni Oregon shtati, Rouzburg shahridagi Umpkva Kollejidagi otishma chog‘ida halok bo‘lganlar oilasi bilan uchrashar ekan, AQSh prezidenti Barak Obama gapirib o‘tdi.

Bu uchrashuv bir soat davomida davom etdi. Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, jabrdiyda oila ko‘plab insonlarning chin yurakdan bildirgan hamdardligini qabul qilgan. Obamaning aytishicha, AQSh fuqarolari shunga o‘xshash fojialarning oldini olish yo‘llarini keng ko‘lamda o‘rganib chiqishlari kerak.

Avvalroq, Oq uy vakilining ma'lum qilishicha, Oregon gubernatori Keyt Braun Obamaga jabrdiyda oilalarga qanday yordam berilayotgani haqida hisobot bergan. Obama yakunda alohida uchrashuvga rozi bo‘lmagan, shuningdek, qurol aylanmasi ustidan nazoratni kuchaytirish borasida ham hech narsa aytmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish