Jahon | 00:24 / 10.10.2015
13936
1 daqiqa o‘qiladi

Obama: Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasi uning pozitsiyasi zaiflashayotganini ko‘rsatmoqda

AQSh prezidenti Barak Obamaning aytishicha, Suriyadagi harbiy operatsiyalar Rossiyaning Yaqin Sharqdagi pozitsiyasini zaiflashayotganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda u CBS kanaliga bergan intervyusi davomida aytib o‘tgan.

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya mintaqada uni qo‘llab-quvvatlovchi boshqa tarafdorlari yo‘qligi uchun Bashar Asadning hokimiyatini qo‘llab-quvvatlashga majbur bo‘lgan.

Barak Obama Ukrainaning sobiq prezidenti haqida gapirar ekan, uni “Putinning buzuq qo‘g‘irchog‘i” deb atadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish