Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda traktorlarga dalaning o‘zida gaz quyiladi
O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik texnikalarida siqilgan tabiiy gazdan foydalanishga o‘tish bo‘yicha sinov dasturi amalga oshirilmoqda, deya xabar berdi Sputnik Qishloq va suv xo‘jaligidagi axborot manbasiga tayangan holda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek tomoni Janubiy Koreyaning KNM-Tech kompaniyasi bilan traktorlarda solyarka o‘rniga siqilgan tabiiy gazdan foydalanish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
“Ayni paytgacha "Dalvarzin ta'mirlash" zavodida sinov loyihasi doirasida Toshkent traktor zavodida ishlab chiqarilgan 20ta traktorni qayta jihozlash ishlari amalga oshirildi. Ular zaruriy sertifikatlashdan o‘tkazilib, poytaxt viloyati dalalaridan sinovdan o‘tkazildi”, - deydi axborot manbasi.
Sinovlar mazkur texnikalarning samaradorligini ko‘rsatdi. 8 soat ichida bitta traktor solyarka bilan harakatlanadigan namunasiga qaraganda 150 ming so‘m iqtisod qilishga erishdi. Bu esa qayta jihozlash harajatlarining qoplanishi uchun 150 kun kifoya qilishini anglatadi.
Axborot manbasining so‘zlariga ko‘ra, bunda bir muhim muammo – texnikaga dalaning o‘zida qanday qilib gaz quyish masalasini hal etish lozim.
Mazkur masalaning yechimini koreys mutaxassislari taklif qilishdi. Ular texnikaga dalaning o‘zida gaz quyishga mo‘ljallangan ilk mobil gaz quyish stansiyasini keltirishdi.
Zavodning yaqin vaqtdagi rejasidan T135 New Holland va Orion traktorlarini qayta jihozlash hamda mobil gaz quyish stansiyalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalasi o‘rin olgan.