Jahon | 23:19 / 10.10.2015
6052
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Turkiyada sodir bo‘lagan teraktlar sabab terrorizmga qarshi birlashib kurashishga chaqirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyadagi bugungi teraktlarni fitna deb atadi. U bu haqda shanba kuni telejurnalist Vladimiru Solovevga bergan intervyusida gapirib o‘tdi.

"Fursatdan foydalanib, Turkiyada bo‘lgan voqealar yuzasidan butun turk xalqiga va Turkiya prezidentiga o‘z hamdardligimni bildiraman. Bu, albatta, ortidan ko‘p qurbonlar olib kelgan oshkora terrorchilik hujujmidir. Qolaversa, bizga do‘st bo‘lgan davlatning, saylovoldi kampaniyasi boshlanayotgan bir paytda, boshqaruv tizimini izdan chiqarishga bo‘lgan urinishdir", - dedi RF prezidenti. "Bu ochiq-oydin fitnadir", - qo‘shimcha qildi Putin.

U yana shuni ta'kidladiki, terrorizmga qarshi kurashda samaraga erishishning yagona yo‘li, unga qarshi kuchlarni birlashtirib harakat qilishdir. "Bu qabihlikka qarshi kuchlarni birlashtirib harakat olib borish zarur ", - dedi Putin. "Bu ishlar qachon samarali bo‘ladi, qachonki biz birlashib harakat qilsak", - deya ta'kidlagan RF prezidenti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish