Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri Anqaradagi portlashlardan so‘ng favqulodda majlis chaqirdi
Turkiya bosh vaziri Ahmed Dovudo‘g‘li Anqaradagi tinch namoyishlar o‘tkazilayotgan hududda ikki marotaba portlash sodir etilganidan so‘ng favqulodda majlis chaqirdi, deya xabar bermoqda Reuters.
Bu haqda bosh vazirning vakili ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, majlisda Turkiya xavfsizlik kuchlari rahbarlari ishtirok etadi.
Avvalroq 10 oktabr kuni Turkiya poytaxti Anqara shahri markazida sodir etilgan portlashlar tufayli 30 kishining halok bo‘lgani, 126 kishi jarohatlangani xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Anqara markazida kurdlar tomonidan "Tinchlik va demokratiya uchun" shiori ostida mamlakat hukumatiga qarshi norozilik namoyishi uchun yig‘ilgan hududda xudkush-terrorist tomonidan terakt sodir etildi.