Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya maxsus xizmatlari Anqaradagi portlashlarni terrorchi-xudkushlar amalga oshirgan deb gumon qilmoqdalar
Turkiya maxsus xizmatlari Anqaradagi “Mehnat, tinchlik, demokratiya” namoyishi ishtirokchilari to‘planishi joyida sodir etilgan portlashlar terrorchi-xudkushlar tomonidan amalga oshirgan, deb hisoblamoqdalar. Bu haqda turk maxsus xizmatlaridagi yuqori lavozimli manbalar Reuters axborot agentligiga ma'lum qildi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida 86 kishi halok bo‘lgan, yana 186 kishi yaralangan, jumladan 26 nafar kishi og‘ir jarohatlar olgan.
Terakt guvohlari Twitter ijtimoiy tarmog‘ida portlashlar tasvirlangan videoni chop etganlar. Turk telekanallariga portlash videolavhalarini efirda ko‘rsatish taqiqlab qo‘yildi.
Maxsus xizmatlar ma'lumotiga ko‘ra, portlashlar oqibatida birorta ham avtomobil shikastlanmagan.
Turkiya bosh vaziri Ahmed Dovudo‘g‘lu portlashlar tufayli Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilishda Anqara meri Melix Gekchek, Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mexmet Muazzino‘g‘lu, Ichki ishlar vaziri Salomi Altinok hamda maxsus xizmatlar vakillari ishtirok etishdi.
Hozircha hech qaysi bir guruh terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi