Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi: Anqaradagi teraktdan keyin donorlik qoni yetishmayapti
Turkiya poytaxti Anqarada urushga qarshi namoyishda sodir etilgan terakt oqibatida jarohatlanganlar yetkazilgan shifoxonalarda donorlik qoni yetishmovchiligi kuzatilmoqda, deb ma'lum qilmoqda Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Anqarada bugun, 10 oktabrda Toshkent vaqti bilan soat 12:04 da Turkiyaning janubi-sharqida turk-kurd ixtilofi sababli zo‘ravonlik avj olganiga qarshi “Mehnat, tinchlik, demokratiya” shiori ostida kasaba uyushmalari va jamoatchilik tashkilotlari tomonidan uyushtirilgan miting oldidan 2 ta portlash yuz berdi. Kamida 30 kishi halok bo‘ldi, 126 kishi yaralandi. Turkiya OAVlar politsiyadagi manbalariga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, portlashlar temir yo‘l hududida, namoyish ishtirokchilari namoyish o‘tkaziladigan joyga ketayotgan estakada ostida terrorchi-xudkushlar tomonidan sodir etildi.
“Portlashdan keyin bir daqiqa o‘tib bizga xabar kelib tushdi. Soat 10.11 da birinchi tibbiy yordam mashinalari voqea joyiga yetib keldi. Hammasi bo‘lib 56 ta mashina yuborildi. Yaralanganlarni evakuatsiya qilishga 5 ta sanitar vertolyoti jalb qilindi. Qizil yarimoy jamiyati bilan birgalikda yaralanganlarga yordam berish uchun barcha zarur ishlar amalga oshirilmoqda, biroq shifoxonalarda donorlik qoni yetishmayapti”, deyilmoqda Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan xabarda.
Vazirlikda antikrizis markazi tashkil etilgan bo‘lib, tibbiyot xodimlari va logistikada yetishmovchilik kuzatilmayotgani aytilmoqda.