Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Washington Post: Rossiya Suriyadagi harakatlari bilan AQShni g‘aflatda qoldirdi
Moskvaning Suriyada terroristlar marralariga to‘satdan aviazarbalarni berishni boshlagani Vashington uchun kutilmagan hodisa bo‘ldi, vaholanki AQSh ma'muriyati rossiyalik harbiylarning SARda faollashgani to‘g‘risidagi ma'lumotlarga ega edi, deya yozmoqda Washington Post.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Oq uydagilar Rossiyaning boshqa mamlakatlardan havo kengliklaridan harbiy aviatsiyaning uchib o‘tishiga ruxsat so‘ragani to‘g‘risida bilar edi. “Rossiya nafaqat yuk samolyotlari, balki suriyalik uchuvchilar hech qachon boshqarishni o‘rganmagan qiruvchi va bombardimon samolyotlar uchun ham yo‘lak ochilishini so‘ragan”, - deya qayd etadi nashr. “Juda jiddiy hodisalar ro‘y berishi ma'lum edi”, - deya Amerika ma'muriyati vakili so‘zlaridan iqtibos keltiriladi.
Gazeta jurnalistlarining yozishicha, Rossiyaning harakatlari IShIDga qarshi kurash uchun mahalliy kuchlarni tayyorlash bo‘yicha “Amerikaning mo‘rt strategiyasi”ga zarar keltirdi.
Washington Post axborot manbasining so‘zlariga ko‘ra, bu vaziyat “ma'muriyat ichida qarama-qarshiliklar”ning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, MRB direktori Jon Brennan Oq uyning harakatsizligiga o‘z noroziligini bildirdi.