Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:01 / 11.10.2015
8970
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘oniston poytaxtida portlash sodir bo‘ldi
Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrida portlash yuz berdi, deb ma'lum qilmoqda Reuters.
Mahalliy Tolo News ning xabar berishicha, portlash terrorchi-hudkush tomonidan amalga oshirilgan. U xorij qurolli kuchlari karvoni sari yo‘naltirilgan.
Guvohlarning aytishicha, karvon talofot ko‘rgan, ammo tinch aholi vakillaridan ham jabr ko‘rganlar bor.
Voqea joyiga tezkor xizmat xodimlari yetib kelgan, tez yordam mashinalari jarohatlanganlarni shifoxonalarga yetkazgan.