Jahon | 07:28 / 11.10.2015
5710
1 daqiqa o‘qiladi

Anqaradagi teraktda halok bo‘lganlar soni 95 kishiga yetdi

Anqaradagi teraktda halok bo‘lganlar soni 95 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.   

246 kishi hanuzgacha shifoxonalarda qolmoqda, ulardan 48 nafari jonlantirish bo‘limida saqlanmoqda.

Turkiyada faoliyat yurituvchi birorta terrorchilik guruhi hozircha terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Anqarada 10 oktabr ertalab turk hukumati va kurdlar o‘rtasidagi jangovor harakatlarning to‘xtatilishi uchun o‘tkazilayotgan namoyish joyida ikkita portlash sodir etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish