Jahon | 10:10 / 11.10.2015
3654
1 daqiqa o‘qiladi

Gvatemaladagi ko‘chki qurbonlari soni 270 nafarga yetdi

Gvatemalaning Santa-Katarina-Pinula shahrida sodir bo‘lgan ko‘chki qurbonlari soni 270 nafarga yetdi, deya ma'lum qildi yakshanba, 11 oktabr kuni mamlakat bosh prokurori o‘zining Twitter`dagi mikroblogida.
Tabiiy ofatlar oqibatlariga qarshi kurashish koordinatsion milliy markazi markazi ma'lumotlariga ko‘ra, hali 350 nafardan ziyod kishi tuproq uyumlari ostida yotgan bo‘lishi mumkin, deya xabar qildi DPA agentligi.
Tabiiy ofat 1 oktabr kuni sodir bo‘ldi. Hozirgacha qadar hodisa joyi tuproq uyumlaridan tozalanmagan. Minglab tonna tuproq ostida 125ta turar-joy binosi mavjud. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Amaldorlar qutqaruv ishlari dushanba, 12 oktabr kuni nihoyasiga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Mahalliy hukumat qidiruv ishlari olib borilayotgan hududda qaytadan yer o‘pirilishlari sodir bo‘lishi mumkinligini istisno qilishmayapti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish