Jahon | 10:46 / 11.10.2015
3263
1 daqiqa o‘qiladi

Kubadagi yo‘l-transport hodisasidan 13 kishi halok bo‘ldi

Kuba shimoli-sharqidagi Kamaguey provinsiyasida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 20 kishi jarohat oldi. Bu haqda Milliy axborot agentligi xabar qildi.
YTH odamlarni olib ketayotgan yuk mashinasining provintsial markaz va Santa-Krus-del-Sur aholi punkti oralig‘ida ag‘darilib ketishi natijasida yuzaga kelgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, transport vositasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan. Xabarda aniqlik kiritilishicha, halok bo‘lganlar orasida bir nafar voyaga yetmagan bola ham bor. Jarohat olganlar Kamaguey shahri shifoxonasiga yetkazilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish