Jahon | 11:31 / 11.10.2015
4651
1 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada niqoblangan bezorilar suriyalik qochqinlar lageriga tuxumlar uloqtirishdi

Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte taxminan 20 kishidan iborat guruh tomonidan suriyalik qochqinlar uchun tashkil etilgan vaqtinchalik lagerga tuxum va feyyerverklar uloqtirilishini qoralab chiqdi, deya xabar qildi Reuters.
150 qochqin yashayotgan boshpanaga uyushtirilgan hujumdan hech kim jabr ko‘rmagan, politsiya 19-30 yoshgacha bo‘lgan 11 nafar gumondorni qo‘lga oldi.
Bosh vazir Verdendagi lagerga kelib, bu yerdagilarga niqoblangan bosqinchilarning albatta jazolanishiga va'da berdi.
U hukumat muhojirlar xavfsizligini ta'minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishini qo‘shimcha qildi.
“Siz aqldan ozishingiz mumkin, biroq zo‘ravonlik va zulm bilan tahdid qilish chegaralardan chiqarib yuboradi. Men barchani tinchlikni saqlash va qonun doirasida harakat qilishga chaqiraman”, - deya murojaat qildi Ryutte qochqinlar qabul qilish hajmi orttirilganiga bildirilgan e'tirozlarga javob berar ekan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish