O‘zbekiston | 09:32 / 11.10.2015
3943
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik imomlar Rossiyada OAV xodimlari ishtirokidagi ilmiy-amaliy anjumanda qatnashdi

O‘zbekiston musulmonlar idorasi delegatsiyasi Rossiya federatsiyasining Yekaterenburg shahrida safar doirasida “Interfaks” matbuot anjumani zalida Sverdlovsk oblastida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokidagi ilmiy-amaliy anjumanda qatnashdi. Bu haqda "Shayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati xabar qildi.
Anjumanda, shuningdek, Sverdlovsk viloyati musulmonlari Diniy idorasi Markaziy muftiyoti rahbari, muftiy Abdul-Kuddus Asharin, Ural davlat konchilik universiteti prorektori Starostin Aleksey Nikolayevich, Sverdlovsk viloyati jamoat tashkiloti rahbari Ollaberganov Zakir Baynazarovich va boshqalar ishtirok etdi.
Muloqot davomida “Ishid fitnasi”(“Smuta IGIL”) kitobi, terrorizmga karshi kurash usullari, millatlararo totuvlik, dinlararo hamkorlik masalalari, qolaversa, O‘zbekistondagi bugungi kundagi diniy-ijtimoiy vaziyat va diniy bag‘rikenglik mavzulari muhokamalar markazida bo‘ldi. Shuningdek, Islom nafakat IShID va terrorizmga, balki xar kanday nosog‘lom aqida vakillariga qarshi ekanligi to‘g‘risida aniq va batafsil ma'lumotlar berildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish