Jahon | 06:51 / 11.10.2015
4644
2 daqiqa o‘qiladi

Perm o‘lkasida fuqarolik urushi zamonidan qolgan snaryad portlashi oqibatida bir qizcha halok bo‘ldi

Rossiyaning Perm o‘lkasidagi turar-joy binolaridan birining hovlisida fuqarolik urushi zamonidan qolgan snaryadda ikki nafar bola portlab ketdi, ulardan biri halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Rossiya Tergov qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan bolaning ota-onasi metallolom yig‘ish bilan shug‘ullangan.

“9 yoshli qiz va 12 yoshli o‘g‘il bola kattalar metallolom yig‘gan xususiy uyning hududida o‘ynab yurishgan bo‘lgan. Metallolom sifatida olib kelinib saqlanayotgan, fuqarolik urushi zamoniga tegishli ekanligi taxmin qilinayotgan artilleriya snaryadi portlab ketgan. Oqibatda qizchaga o‘limga olib kelgan jarohatlar yetgan, o‘g‘il bola esa jarohatlar olib, shifoxonaga yetkazilgan”, deyilmoqda xabarda. 

Ushbu holat yuzasidan ehtiyotsizlik tufayli o‘limga olib kelish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish