Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Rossiyaning Suriyadagi vazifasi qonuniy hokimiyatni barqarorlashtirishdan iborat
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya 1” telekanalidagi “Voskresnyy vecher s Vladimirom Solovevym” (“Vladimir Solovev bilan yakshanba kechasi”) dasturiga bergan intervyusida rossiyalik harbiylarning Suriyadagi vazifasi nimadan iboratligini aytib o‘tdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi ma'lum qilmoqda.
“Bizning Suriyadagi vazifamiz qonuniy hokimiyatni barqarorlashtirish va siyosiy murosani topish uchun sharoitlar yaratishdan iborat”, deb aytdi Putin.
Shuningdek, Putin Suriya armiyasi o‘zining jang qilishga qodirligini ko‘rsatsa, unda Suriyadagi ichki siyosiy murosaga erishish imkoniyatlari ortishini aytdi.
“Agar Suriya armiyasi hayotchanligini va terrorchilik bilan kurashishga tayyorligini ko‘rsatsa, hokimiyat buni qila olishini ko‘rsatsa, unda siyosiy murosalarga erishish imkoniyatlari ham anchagina yuqoriroq bo‘ladi”, deb ta'kidlab o‘tdi Putin.